Jamiyat | 20:20 / 23.11.2019
6745
3 daqiqa o‘qiladi

Snoslar mojarosi Toshkent viloyatida qanday yechim topmoqda?

Toshkent viloyati markazi bo‘lgan Nurafshon shahrida “Iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohotlarning Toshkent viloyatidagi ijrosi: tahlil va natijalar“ mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda poytaxt viloyatining qator iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Xususan, turli sabablarga ko‘ra buzilgan bino va inshootlarga kompensatsiya masalasi alohida muhokama qilindi. Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatida 755 ta noturar joy davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olinib, ayni paytga qadar 96 nafar mulk egasiga 40 milliard 540 million so‘mdan ortiq kompensatsiya puli to‘lab berilgan. 659ta noturar joy uchun hisoblangan 146 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya puli esa hali to‘lab berilmagan.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Buning sabablariga to‘xtalgan viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Odilxon Rustamov ma'lum qilishicha, budjetdan ajratilgan 146 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ viloyatning tegishli hisob raqamiga tushirib berilgan, endi mazkur kompensatsiya pullari 10 kun muddatda to‘lab beriladi. 

OAV vakillari, viloyat, tuman va shahar iqtisodiy majmuasi mutasaddilari ishtirok etgan anjumanda viloyatda tadbirkorlik, bandlik, pul-kredit, eksport kabi qator yo‘nalishlar faoliyati tahlil qilindi.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyatda 36.808ta tadbirkorlik sub'yektlari, 21.332ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra umumiy maydoni 900 ga bo‘lgan 2236 ta bo‘sh turgan yer uchastkalari aniqlanib, ulardan 400 gektarga yaqini, ya'ni 1157 tasi auksion orqali savdoga chiqarilgan. 585 ta uchastkalari 13 mlrd. 320 mln. so‘mga sotilgan. 7 ming 150 dan ortiq faoliyat yuritmayotgan, mingdan ortiq o‘z arizasiga ko‘ra tugatilayotgan korxona mavjud. Joriy yilning o‘tgan davrida 3 ming 75 ta faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona faoliyati tiklanib, mazkur korxonalar tomonidan 3 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Soliq to‘lovchilarning budjet oldidagi oldindan to‘lovlari 1 noyabr holatiga 32 mlrd so‘mni tashkil qilgan. 

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shu davrda viloyat iqtisodiyot tarmoqlariga 261 million dollar investitsiya yo‘naltirilib, modernizatsiya va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hisobiga 10 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan.

Xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘i hisobidan 2018-2019 yillarda viloyatda 149 ta loyihani amalga oshirish uchun 108,6 million dollar kredit yo‘naltirilgan. Ayni paytga qadar 76 loyiha uchun 57,3 million dollar kredit ajratilgan.

Mavzuga oid