Jahon | 11:53 / 24.11.2019
2865
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada prezident saylovlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi

Foto: AFP 2019 / Daniel MIHAILESCU

24 noyabrda Ruminiyada prezident saylovlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan mamlakat bo‘ylab soat 7dan 21gacha saylov uchastkalari ochiq bo‘ladi.

Mamlakat fuqarolari saylovlarning 10 noyabrda o‘tgan 1-bosqichida g‘alaba qozongan 2 nomzoddan biriga ovoz berishlari kerak bo‘ladi. Ular: amaldagi prezident Klaus Verner Yoxannis va sobiq bosh vazir Viorika Denchile.

1-bosqichda Yoxannisni 37,82 foiz ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatlashgan, Denchilega esa 22,26 foiz ovoz berilgan.

Asli nemis bo‘lgan Klaus Verner Yoxannis 2014 yilda Ruminiya prezidenti lavozimiga saylangandi. Bungacha u 2000 yildan boshlab Sibiu shahri meri lavozimini egallab kelgan. Bu uning ikkinchi muddatga saylanishidir.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid