Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobuslarning tungi vaqtda ham harakatlanishi nazoratga olinadi
Transport vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, 2020 yil 1 yanvardan Toshkentdagi jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilgach, poytaxt avtobuslarining harakatlanish jadvaliga amal qilib, tungi vaqtlardayam ishlashi nazoratga olinadi.
«Avtomatlashtirilgan tizim joriy qilingandan keyin tashuvchilarning har bitta yo‘nalish bo‘yicha qatnovchi avtobuslari soat nechada oxirgi reysni yakunlagani, oxirgi yo‘lovchini soat nechada manziliga eltib qo‘ygani bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lamiz. Ushbu ma'lumotlarga asosan xizmat vazifasi lozim darajada bajarilmagan holatlar bo‘yicha taqdimnomalar kiritamiz», deya Anvar Jo‘rayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Transport vazirligi avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ruslan Ro‘zimetovning qo‘shimcha qilishicha, yangi tizim yo‘lovchi oqimini o‘rganib, shunga muvofiq choralar ko‘rishga imkoniyat yaratadi.
«Qaysidir yo‘nalishda soat 22:00da yo‘lovchi bo‘lmasligi mumkin, ammo boshqa bir yo‘nalishda tungi vaqtdayam avtobus harakatlanishiga ehtiyoj bor. Shunda zarurat bor yo‘nalishlarga avtobuslarni burib yuborishimiz mumkin bo‘ladi. Yangi tizim bizga yo‘lovchilar oqimining hisob-kitobi, nazoratini qo‘lga olish, har qanday muammoni joyida hal qilish imkonini beradi.
Shu paytgacha biz jamoat transportidan aslida qancha odam foydalanishi bo‘yicha aniq ma'lumotga ega bo‘lmaganmiz. Yangi tizimning afzalligi ham shunda. Qolaversa, vaqt va masofaga bog‘langan tariflar juda ko‘p masalalarga yechim bo‘ladi. Ilgari yo‘lovchilar o‘z manziliga bitta avtobusda uzoq vaqtda yetib borgan bo‘lsa, yangi tizimda 2 yoki 3ta transport almashib, eng muhimi o‘sha pulga manziliga yetib oladi», deydi Ruslan Ro‘zimetov.
Tadbirda yo‘lkira to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi 2020 yilning 1 yanvaridan Toshkentda, 1 avgustdan Nukus shahri va viloyat markazlarida, 2021 yil 1 yanvardan Respublikaning boshqa hududlaridagi jamoat transportiga joriy etilishi kutilmoqda.
Avvalroq yangi tizimda o‘qituvchilar, pensionerlar, o‘quvchi-talabalar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat transporti xizmatidan imtiyozli asosda foydalanish huquqiga ega alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozlar saqlab qolinishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026