Kun.uz’dan multfilm: siyqasi chiqib ketgan «Milliy g‘oya» iborasi haqida
Gap shundaki, ba’zi so‘zlar ongsiz ravishda ko‘p iste’mol qilinaverganidan o‘z ma’nosini yo‘qotib qo‘ygan. Bir qarashda so‘z bor, ammo ma’nosini kunduzi chiroq yoqib ham topolmaysiz. «Xaloyiq, ma’no qani?!» deb hayqirgingiz keladi.
Shunday iboralarning biri – «milliy g‘oya» so‘z birikmasidir. Bu ibora ko‘p aytiladi, ammo ongimizga, qalbimizga yelchalik ta’sir etolmaydi. Aksincha ensamizni qotiradi. Shuni aytish kerakki, tushunchalarning siyqasini chiqarib, ma’nosidan judo qilish bu – ma’naviy diversiya, buzg‘unchilikdir.
Xo‘sh, aslini olganda «milliy g‘oya» nima degani?
Milliy g‘oya shunday bir narsaki, garchi u moddiy bir narsa bo‘lmasa ham «tog‘larni qulatadi». Aynan milliy g‘oyasini biroz bo‘lsa-da to‘g‘ri qo‘ya olgan millatlar hozirda boshqalardan – milliy g‘oyasini belgilay olmagan yoxud g‘oya kerakligini anglamay gangib yurgan xalqlardan o‘zib ketishgan. Zero, millat o‘z oldiga qo‘ygan to‘g‘ri milliy g‘oya bu – xalqning ichki zaxirasini yuzaga chiqaradigan «sehrli» formula, ichki kuchlarni harakatga keltiruvchi «detonator».
Kun.uz’ning yangi, «KUN ANIMATION» ijtimoiy multfilmlar loyihasining birinchi qismi shu haqda.
Muhammad Shakur tayyorladi
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59
-
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?
Jahon | 22:28
-
Ilon Mask bojlar sabab Trampning maslahatchisini haqorat qildi
Jahon | 22:26
-
Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

12:38 / 20.12.2024
Islomiy moliya – nima u? - Kun.uz'da yangi multfilm

21:23 / 19.09.2024
Multfilm: Vatanga investitsiya bilan qaytgan tadbirkorning sarguzashtlari

09:00 / 20.01.2024
Bolaga berayotgan ovqatimizdan ham muhimroq narsa uning ongiga ta’sir qiluvchi kontentlardir - Sherzodxon Qudratxo‘ja

17:29 / 08.10.2023