Hozirgi davr bolalarining aksariyati asosan tasvir, musiqa hamda turli interşovqinlardan iborat multfilmlar bilan ulğayyapti. Bu kontentlarda dialoglar juda kam, ba’zilarida esa umuman yöq: qahramonlar gapirmaydi, butun boşli video faqat öyin-kulgi kadrlari, aşula va ovoz effektlaridan iborat. Ma’lumotlarga köra, bunday multfilmlarni körgan bola öz atrofidagi nutqiy muhitdan uzoqlaşadi, til örganiş uçun zarur bölgan söz va jumlalarni yetarli darajada eşitmaydi va şu tariqa muloqotga kirişiş qobiliyati susayadi. Kun.uz bolalarda tilning keç çiqayotgani va bunga multfilmlarning ta’siri böyiça mutaxassislar fikrini örgandi.
Yoş onalar uçun bolani tinçlantirişda gadjetlardan foydalaniş hozir eng yaxşi najot yöliga aylangan. Çaqaloq yiğlasa, unga darrov smartfondan multfilm qöyib beriladi. Rang-barang tasvirlarga boy, öziga xos ovozlar bilan boyitilgan kadrlarni körgan bola birpasda ovunadi, qoladi. Eng qiziq jihati, jonli öyinçoqlardan uzoği 10 daqiqada zerikadigan bolakay telefonga qança köp termulsa ham çarçamaydi. Atrofni kuzatsangiz, hali qöliga qoşiq uşlaşni bilmaydigan gödak smartfonni bemalol işlata olayotganiga ham guvoh bölasiz.
Töğri, telefon bolani vaqtinça ovuntirişi mumkin, bu borada onalar uçun katta qulaylik bor. Ammo uning çaqaloq salomatligiga ta’siri-çi? Gödakni oson tinçlantirişning keyinçalik tölanadigan badali haqida heç öylab körganmisiz? Ekran oldida uzoq vaqt ötkaziş asab tizimi, köz kasalliklarini yuzaga keltirişi bilan bir qatorda bolada nutq keç rivojlanişiga sabab bölişi ham ehtimoldan xoli emas.

Nutq – bolaning ijtimoiy hayotga moslaşuvi, bilim oliş jarayoni va şaxsiy rivojlanişining eng muhim körsatkiçlaridan biri. Maktabgaça bölgan davrida bola söz boyligini tez kengaytirişi va fikrini ravon ifoda qila olişi kerak. Ammo ayrim hollarda bu jarayon sekinlaşadi yoki keçikadi. Mazkur holat bir neça xil omillar ta’sirida yuzaga keladi, ularni şartli ravişda biologik, psixologik, tibbiy sabablar va muhit ta’siriga ajratiş mumkin.
“Biologik omillar orasida genetik moyillik yetakçi örinda tutadi. Agar oiladagi kattalarda nutq yoki til rivojlanişida keçikiş kuzatilgan bölsa, bolaning ham şunday muammoga duç keliş ehtimoli ortadi. Asab tizimi va miyadagi nuqsonlar, şuningdek, eşitiş qobiliyati bilan boğliq muammolar nutq şakllanişiga tösqinlik qiladi. Bola sözlarni töliq yoki aniq eşitmasa, ularni özlaştiriş qiyinlaşadi”, – deydi pediatr Komila Mutalova.
Şifokorning ta’kidlaşiça, psixologik va emotsional omillar ham tilning keç çiqişiga turtki böladi. Travmatik holatlar, oiladagi janjal, stress bolada muloqotga bölgan qiziqişni kamaytiradi. Şuningdek, e’tibor va rağbat yetişmasligi, ya’ni ösmir bilan yetarliça gaplaşmaslik yoki uning fikrini qadrlamaslik nutq rivojlaniş jarayonini sezilarli darajada sekinlaştiradi.
Tibbiy sabablar bilan boğliq omillar qatoriga autizm spektr buzilişlari, umumiy intellektual rivojlanişning sekinligi, nutq apparati, ya’ni til, lab, tanglay, ovoz boğlamlari tuzilişidagi nuqsonlar kiradi. Bu omillar tovuş çiqariş jarayonini qiyinlaştiradi hamda nutqni ravon şakllantirişga tösqinlik qiladi.
“Yangi tuğilgan çaqaloqning til apparati ilk kunlardan rivojlaniş bosqiçiga kiradi. 0–6 oy oraliğida bola atrofdagi tovuşlarga javob qaytaradi: kuladi, ğöldiraydi, “agu-agu” kabi tovuşlar çiqaradi. Bu davrda u söz ayta olmaydi.
6–12 oyga kelib, “ma-ma”, “ba-ba”, “da-da” kabi böğinlar paydo böladi. Ismini çaqirsangiz, qaraydi. Bir yoşga yaqin esa kamida 1–3 oddiy sözni talaffuz qiladi. 12–18 oy orasida luğat boyligi 5–20 taga köpayadi, oddiy körsatmalarni tuşunadi (“kel”, “ol”, “ber”).
18–24 oy oraliğida 20–50 ta sözni özlaştiradi, ikki sözli jumlalar tuza boşlaydi (“aya ber”, “dada kel”). 2–3 yoşda bola kamida 200–300 söz işlata olişi, sodda gaplar tuzişi kerak. Agar bola 2 yoşga yetib 10 tadan kam söz işlatsa yoki 3 yoşga tölganda ham gapirmasa, bu nutq keçikayotganining jiddiy signali bölişi mumkin”, – deydi lor-xirurg, pediatr Javlonbek Hamdamov.
Nutq keçikişi maktabgaça yoşdagi bolalarda eng köp uçraydigan rivojlaniş muammosiga aylangan. Bu holatda bola tovuşlarni çiqarişda, sözlardan foydalangan holda muloqot qilişda, tilni tuşunişda tengdoşlaridan ortda qoladi.

Muhit va tarbiya omillari hozirda bolalarda til çiqişi keçikişining keng tarqalgan sabablaridan biridir. Oxirgi yillarda ösmirlarning ekran qarşisida (planşet, telefon, televizor) ötkazadigan payti tobora ortib bormoqda. Erta yoşdan “kök nur” ta’sirida uzoq vaqt ötkaziş jonli muloqotni kamaytirib, diqqat hamda nutq rivojiga salbiy ta’sir körsatadi.
Gödak telefonga qarab ötirganida körgan va eşitgan ma’lumotlarini bir tomonlama qabul qiladi, lekin faol javob bermaydi. Natijada:
- söz boyligi yetarliça köpaymaydi
- savol-javob qiliş, fikr almaşiş könikmalari rivojlanmaydi
- diqqat va eslab qoliş qobiliyati pasayadi.

Dubay va Şimoliy amirliklarda bir yoşdan tört yoşgaça bölgan bolalar örtasida nutqning keçikişi va ekranda işlaş vaqti örtasidagi boğliqlikni örganişga qaratilgan tadqiqot ötkazilgan. Unda ma’lum bölişiça, bolaning özini kuniga 4 soatdan ortiq ekran qarşisida qoldiriş nutq keçikişi xavfini 40 foizgaça oşirişi aniqlangan. Gapira olmaslik holatlari eng köp 1 yoşli bolalarda qayd etilgan. Holat öğil bolalarda qizlarga qaraganda sezilarli darajada yuqori bölgan.
Tadqiqot natijalariga köra, bolaga gadjetlar qançalik erta berilsa, nutq keçikişi xavfi şunçalik yuqori bölgan. Masalan, 1 yoşga tölmasidan ekran işlata boşlagan bolalarning 34,4 foizida nutq keçikişi aniqlangan. Aksinça, 3–4 yoşdan smartfonlardan foydalangan bolalarda bu körsatkiç atigi 11,1 foizni taşkil qilgan.
Şuningdek, bolalar ekranni tomoşa qilayotganda ota-ona nazorati kuçli bölsa, nutq keçikişi holatlari kamaygani kuzatilgan. Bu esa ota-ona va bola örtasidagi faol muloqot muhimligini anglatadi.

Bolaning gadjetlarda tomoşa qilayotgan videokontentlari turi ham til keç çiqişiga sabab bölişi mumkin. Multfilm kadrlarning tez almaşinuvi, yorqin ranglar va baland ovozlar bilan boyitilgan bölsa, u bolaning miyasini töliq egallab olib, zöriqtiradi. Bunday şaroitda bola passiv tomoşabinga aylanadi: u voqeani kuzatadi, ammo muloqotga kirişmaydi va eşitgan sözlarini faol qöllaşga ehtiyoj sezmaydi. Natijada söz boyligi kengaymaydi, gapirişga rağbat pasayadi.
Tadqiqotlar şuni körsatadiki, faqat multfilm va köngiloçar videolarni tomoşa qilgan bolalarda interaktiv yoki ta’limiy kontent körgan tengdoşlariga nisbatan nutq könikmalari sekinroq rivojlanadi. Negaki, ta’limiy kontent bolani fikr yuritiş va tuşunganini ifodalaşga majbur qiladi.
Demak, bundan kelib çiqib aytiş mumkinki, muammo faqat vaqt çegarasida emas – kontentning sifati, mazmuni va ota-onaning tomoşa vaqtida bola bilan muhokama qilişi jarayonda muhim ahamiyatga ega.
Foto
Multfilmlar bolalar uçun eng ommabop köngiloçar vositalardan biridir. Ular rang-barang, tezkor kadrlar almaşinuvi va çiroyli ovozlar bilan bolani öziga tortadi. Ammo sönggi yillarda pediatr va logopedlar ayrim multfilmlar bolalarda nutq rivojini sekinlaştirişi mumkinligini ta’kidlamoqda. Masala şundaki, bunday multfilmlar bolani passiv tomoşabinga aylantirib, faol muloqot örnini egallaydi.
“Inson qiyofasidan uzoq bölgan multfilm qahramonlari bolada nutq rivojlanişini sekinlaştirişga ta’sir ötkazadi. Masalan, SpongeBob multfilmidagi boş qahramon törtburçak, sarğiş gubka tabiiy lab va yuz harakatlariga ega emas. Bola söz talaffuzini va mimikani kuzata olmaydi, bu esa ongga avtomatik ravişda ta’sir qilib, tovuşlarni töğri takrorlaş va nutq apparatini maşq qildiriş jarayonini qiyinlaştiradi. 0–3 yoşda bunday qahramonlari bor multfilmlarni gödakka tomoşa qildiriş umuman tavsiya etilmaydi”, – deydi Komila Mutalova.
Cocomelon
Uşbu multfilm YouTube va Netflix platformalarida eng köp tomoşa qilinadigan bolalar kontentlaridan biri bölib, haftasiga milliardlab körişlar töplaydi. Uning asosiy xususiyati — har 1-2 soniyada kadr almaşişida. Bu tezkor vizual ta’sir bolaning miyasini doimiy ravişda yangi tasvir kutişga örgatadi, ammo sözlarni tinglab, tahlil qiliş va tuşunişga yetarli vaqt qoldirmaydi. Multfilmning katta qismi qöşiq va ritmik jumlalardan iborat, muloqotga boy hikoyalar esa kam. Mazkur holat bolaning passiv tomoşabin bölib qolişi va yangi sözlarni faol işlatişini çeklaydi.
Baby Shark qöşiği
Pinkfong studiyasi tomonidan yaratilgan “Baby Shark” qöşiği butun dunyo böylab fenomenga aylandi, ya’ni YouTube tarixidagi eng köp – 16 milliarddan ortiq körilgan video böldi. Uşbu videolar qisqa, takrorlanuvçi va sodda sözlardan iborat. Masalan, “Baby shark, doo doo doo” kabi jumlalar ritmik tarzda qayta-qayta takrorlanadi. Bu bolada eslab qoliş qobiliyatini kuçaytirişi mumkin, ammo söz boyligini oşirmaydi. Çunki nutq konteksti mavjud emas va bola tabiiy suhbat jarayoniga qöşilmaydi.
Maşa va ayiq
Rossiyada işlab çiqarilgan uşbu multfilm 100 dan ortiq mamlakatlarda namoyiş etiladi va YouTube’da eng köp körilgan bolalar videolaridan biri hisoblanadi. Mazkur kontentning köplab sahnalarda sözlardan köra harakatlar ustun böladi. Maşa obrazining nutqi şoşqaloq, murakkab iboralarga boy va köpinça metaforik bölib, kiçik yoşdagi bolalar uçun ularni tuşuniş qiyin. Bola eşitganini qayta işlaşga ulgurmaydi va vizual zavq bilan çeklanadi. Bu esa nutqni faol özlaştiriş imkoniyatini kamaytiradi.
Bola miyasi ikki yoşga tölgunça tez rivojlanadi. Şu davr til örganiş uçun eng sezgir payt hisoblanadi. Bu vaqtni passiv video tomoşa qiliş bilan ötkaziş nutq şakllanişini keçiktirişi mumkin. Şu sabab ota-onalarga 2 yoşdan kiçik bolalarga mutlaqo gadjet bermaslik, 2–5 yoşdagilarga esa ekran vaqtini kuniga 1 soatgaça çeklaş tavsiya etiladi.
Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.
Diyoraxon Nabijonova tayyorladi.
Operator: Abduqodir Tölqinov.
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.











