Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birja: benzin va suyultirilgan gaz narxi pasaydi, oltin qimmatladi
2019 yil 18 - 24 noyabr kunlari "O‘zRTXB" AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlarni pasayishi kuzatildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3339,3 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va shundan 2793,5 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan biroz pasaydi va bir tonnasi uchun 6223,7 ming so‘mni tashkil etdi.
Oltinning narxi kichik o‘sishni ko‘rsatmoqda, so‘nggi savdo haftasida shakllangan birja kotirovkasi 0,1 foizga ko‘payib, 1 gr oltin uchun 446,4 ming so‘mni tashkil etdi. Haftalik savdo natijalariga ko‘ra O‘zRTXB da 983,0 mln so‘mlik 2200 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnashdi.
O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 12,5 mlrd so‘mlik 4548,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 5,1 foizga pasayib, bir tonna uchun 2753,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Birjada paxta tolasi narxlari pasayishi kuzatildi. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oliy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 1,1 foizga pasayib, bir tonna uchun 14,8 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,3 mln so‘mdan 13,0 mln so‘mgacha bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi
17:24 / 21.05.2026