Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya va Turkiya o‘rtasida diplomatik mojaro yuz berdi
Turkiyaning Edirne shahrida Transanatoliya gaz quvuri – TANAP’ning ochilishi marosimi Gretsiya delegatsiyasi ishtirokidagi mojaro bilan yakunlandi.
Skai telekanalining xabar berishicha, Gretsiya vakillari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an nutq so‘zlayotgan vaqtda norozilik sifatida zalni tark etishgan.
Delegatsiyaga rahbarlik qilgan, Gretsiya energetika va atrof-muhit vaziri o‘rinbosari Dimitris Ikonomu Erdo‘g‘anning Turkiya Kipr shelfida va iqtisodiy hududida qidiruv va burg‘ilash ishlarini to‘xtatmasligi haqidagi bayonotini ig‘vo deb atagan.
Gretsiya delegatsiyasida ta'kidlanishicha, ular voqealarning bunday tus olishiga tayyor turishgan, biroq gaz quvuri ochilishini o‘tkazib yubora olishmagan, chunki u Transadriatika gaz quvuri TAP bilan bog‘lanadi.
Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Erdo‘g‘anning bu so‘zlarini qoralab chiqqan va uni xalqaro huquqni buzishda hamda barqarorlikka putur yetkazish va “yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini mensimaslik”da ayblagan.
Kipr shelfi va iqtisodiy hududida tabiiy gazning yirik konlari aniqlangan. Kipr Respublikasini tan olmaydigan Turkiya iqtisodiy hudud chegaralari bo‘yicha e'tiroz bildirib keladi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026