Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bilan hamkorlikda «Texnologik xab» tashkil etiladi
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonga tashrif davomida Gujarat shtatidagi «iCreate» (International centre for entrepreneurship and technology) hamda startaplarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi DevX kompaniyalari bilan tanishdi. Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Hindistonning iCreate, shuningdek, DevX kompaniyalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, bir qator qo‘shma startap loyihalarini o‘zida birlashtiruvchi «Texnologik xab» tashkil etiladi.

«Texnologik xab» startap loyihalari muallif va ijrochilarini, startap bo‘yicha mutaxassislarni jamlashga qaratiladi. Unda mavzular bo‘yicha ommaviy tadbirlar, ma'ruzalar, seminarlar, konferensiyalar, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni targ‘ib qiluvchi tadbirlar o‘tkaziladi.
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlardagi bunday xablar ta'lim olish va tajriba almashish uchun shunday zo‘r maydonga aylanganki, ular universitetlarda berilgan bilimlarni ishlab chiqarishga joriy qilishga, amalda sinashga yordam beradi.
Shuningdek, tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida ikki mamlakat startaplari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshiriladi. O‘zbekistonda tashkil etilgan startap kompaniyalari Hindistonga o‘z texnologiyalarini transfer qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hind texnologik startaplari, kichik va o‘rta biznes vakillari O‘zbekistonga kelib, innovatsiyalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishadilar.

Innovatsiyalar va startap ekotizimini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan almashish, inson kapitalini takomillashtirish hamkorlikning bosh maqsadidir. Shuningdek, ikki davlat ilmiy jamoatchiligi o‘rtasida muloqotni kengaytirish, turli sohalarda qo‘shma tadqiqotlar olib borilishiga qaratilgan loyihalar ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
18:26 / 05.09.2025
QQSni nollashtirishdan O‘zbekistondagi fermerlarning qariyb yarmi manfaat ko‘radi - vazir
12:33 / 04.09.2025
Jizzaxda O‘zbekiston-Xitoy innovatsion markazi quriladi
20:03 / 06.09.2024