Jamiyat | 11:44 / 06.12.2019
6078
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadan «Do‘stlik» chegara postiga qadar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

“Uzautotrans service” korxonasi bugun, 6 dekabrdan e'tiboran “Farg‘ona ─ Do‘stlik” yo‘nalishida sinov tariqasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, avtobuslar “Farg‘ona shahar atrofi” avtostansiyasidan yo‘lga chiqib, Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara o‘tkazish maskaniga qadar harakatlanmoqda. 

Ushbu yo‘nalish masofasi 115 km.ga teng bo‘lib, qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oshirilyapti. Yo‘lkira haqqi esa 15 000 so‘m etib belgilangan. 

Xabarda aytilishicha, dastlabki bosqichda qatnovlar ikki tomonlama yo‘nalishda kuniga jami 8 marotaba amalga oshiriladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid