AQSh xorijlik talabalarni tekshirishning qo‘shimcha choralarini o‘rganmoqda
Pentagon Floridadagi otishmadan so‘ng AQShda harbiy yo‘nalishda ta'lim olayotgan xorijlik talabalarni tekshirish choralarini o‘rganmoqda, deb ma'lum qildi AQSh mudofaa vaziri Mark Esper.
Juma kuni Floridadagi harbiy bazada sodir etilgan otishma natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi jarohatlandi. Otishmani harbiy bazada ta'lim olayotgan saudiyalik harbiy xizmatchi Muhammad al-Shamroniy sodir etgani ma'lum bo‘ldi. Uning nima uchun bunday qilgani hozircha noma'lum.
"Jamoamiz mamlakatimizga kelayotgan chet ellik talabalarni tanlash va tekshirishni ta'minlash uchun barcha choralarni o‘rganib chiqmoqda. Ularning kim ekanliklarini yaxshi bilishimiz shart", - dedi Esper.
Al-Shamroniy harbiy bazada 2017 yil avgustdan buyon ta'lim olayotgan bo‘lib, ta'lim dasturi uch yilga mo‘ljallangandi. U otishma chog‘ida otib o‘ldirilgan.
Otishma sodir bo‘lgan Pensakola harbiy bazasida 23 minggacha harbiy va fuqarolar hamda ularning oila a'zolari ishlaydi va yashaydi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024