Jahon | 08:47 / 08.12.2019
15661
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqib ketilishi shartini aytdi

Foto: Getty Images

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada xalqaro huquqdan kelib chiquvchi vakolatlarini oxirigacha qo‘llamoqchiligini aytdi.

U Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishi masalasiga to‘xtalib, bu borada Suriya xalqi fikriga quloq tutishga va'da berdi.

Turkiya yetakchisining aytishicha, aynan suriyaliklar turk harbiylarining Suriyada qolish-qolmasliklarini hal qilishlari kerak.

“Suriya halqi “Rahmat, endi ketishingiz mumkin” demaguncha biz u yerdan ketmaymiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Suriya shimolida kurd tuzilmalariga qarshi boshlagan “Tinchlik bulog‘i” amaliyotini AQSh bilan kelishuvga ko‘ra to‘xtatishga rozi bo‘lgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid