Jamiyat | 14:13 / 10.12.2019
11947
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki nafar shaxs uchta «Neksiya»ni o‘mardi

Tun yarmida Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Baxt mahallasi Baxt ko‘chasida turgan uchta «Neksiya» rusumli avtoulovning eshiklari qulfni buzish yo‘li bilan ochilib, avtomashinalarda bo‘lgan pul va bir qancha buyumlar o‘g‘irlab ketildi. 

Postda.uz'ning yozishicha, avtomobillarning biridan 250 ming so‘m pul, boshqasidan dori qutisi, o‘t o‘chirish vositasi, xavfdan ogohlantiruvchi belgi, 200 ming so‘mlik ehtiyot qism va 150 ming so‘m pul olingan. Uchinchi avtomashinadan esa «Antiradar» qurilmasi va videoyozuvlarni qayd etish moslamasi g‘oyib bo‘lgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari jinoyatni «issiq izida» ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayon bo‘lishicha, o‘g‘rilikni Forish tumanida istiqomat qiluvchi ikki «shovvoz» – 1996 yilda tug‘ilgan A.T. va 1980 yilda tug‘ilgan I.R. sodir etishgan ekan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid