Bojxona qömitasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan Özbekistonda röyxatdan ötgan maşinalarni Tojikistonga olib ötiş va noqonuniy sotib yuboriş holati bilan şuğullanuvçi şaxslar foş etildi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 1982 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan fuqaro 9 dona, 1991 yil Toşkent viloyatida tuğilgan fuqaro 10 dona, 1998 yilda Namangan viloyatida tuğilgan şaxs 5 dona, 1975 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan fuqaro 10 dona, 2001 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan şaxs 2 dona, 1993 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan fuqaro 6 dona, 1996 yilda tuğilgan fuqaro 5 dona hamda 1986 yilda Namangan viloyatida tuğilgan şaxs 12 dona Özbekistonda röyxatdan ötkazilgan maşinani çegara bojxona postlari orqali olib çiqib ketgan. Maşinalar “Oybek”, “Xovosobod”, “Andarxon” va “Pop” çegara bojxona postlari orqali olib çiqib ketilgan. Ularning barçasi BYD, Volkswagen, Kaiyi X3, Honda, Geometry, Faw ID4 rusumidagi maşinalar bölgan.
Şu tariqa, 8 nafar şaxs jami 59 ta maşinaning har biri uçun 100-200 AQŞ dollari haq olgan holda Tojikistonga ötkazib berişgan. Aniqlanişiça, mazkur avtotransport vositalarining barçasi Tojikistonda noqonuniy tarzda sotib yuborilgan.
“Fursatdan foydalanib, şaxsiy avtotransport vositalarini boşqa şaxslarga işonçnoma orqali berişda yurtdoşlarimizni yana bir bor huşyorlikka çaqiramiz.
Agar işonçnoma asosida berilgan avtotransport vositasini qaytarib olişda muammolarga duç kelayotgan bölsangiz yoki avtomaşina Özbekistondan olib çiqib ketilgani yuzasidan şubha va gumonlaringiz bölsa, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga murojaat qilişingizni söraymiz”, deyiladi qömita xabarida.
Qöşimça qilinişiça, holat yuzasidan Bojxona qömitasining Suriştiruv va ma’muriy amaliyot boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilib, Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov organiga topşirilgan.
Kun.uz ötgan yilning oxirida Abdulla Abdurasulov ismli şaxs köplab odamlarning maşinasini bölib tölaş şarti bilan olib, Qozoğistonga ötkazib sotib yuborgani haqida ikki qismli suriştiruv e’lon qilgandi. Abdulla Abdurasulov maşinalarni çegara bojxona postlaridan olib ötganini “tamojnidagilar soqqasini bersa ötkazaverişi” bilan izohlagan. Biroq Bojxona qömitasi yuzlab maşinalar “Yallama” postidan ğayriqonuniy olib ötilişida “xodimlarning aralaşgani holati aniqlanmagani”ni

















