19:49 / 13.12.2019
0
10964

Tramp bir kun ichida rekord sonda tvit yozdi  

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozgan xabarlari soni bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi va bu raqamni 123taga yetkazdi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

Nashr xisob-kitobiga ko‘ra, Tramp bir sutka davomida 123 ta xabar yozgan. AQSh prezidenti bu boradagi avvalgi rekordini bir necha kungina oldin o‘rnatgan bo‘lib, o‘shanda u bir kun davomida 105 ta tvit qoldirgan. 

Ta'kidlanishicha, Tramp xabarlari va retvitlarining aksariyati uning impichmenti bo‘yicha kongressning huquqiy qo‘mitasidagi tinglovlarga taalluqli bo‘lgan. Asosan tvitlar  demokratlarga qarshi qaratilgan.

Tramp xabarlaridan birida 16 yoshli ekofaol Greta Tunbergning “Yil odami” deb topilishini kulgu ostiga olgan. 

“Tentaklik! Greta jahlini jilovlash ustida ishlashi, so‘ngra do‘sti bilan yaxshi bir kinoga borishi kerak! Qizishma, Greta, qizishma!”, deb yozgan Tramp.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top