Jahon | 17:35 / 14.12.2019
12178
2 daqiqa o‘qiladi

O‘n yillikning eng yaxshi tadbirkori ma'lum qilindi

Jyeff Bezos/Foto: AP Photo/John Locher

Dunyodagi eng yirik kompaniyalarning moliyaviy direktorlari Amazon kompaniyasi egasi, dunyodagi eng badavlat odam Jyeff Bezosni (milliarderlarning global reytingida birinchi o‘rin; 2019 yil mart holatiga ko‘ra - 131 milliard dollar) o‘n yillikning eng yaxshi tadbirkori deb hisoblamoqda.

Buni CNBC Global CFO Council tomonidan noyabr oyining oxiri - dekabr oyining boshlarida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ko‘rsatdi. Bezosga respondentlarning uchdan bir qismi ovoz bergan, deb yozmoqda CNBC.

So‘rov natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni Alibaba internet-reteyleri asoschisi, xitoylik Jyek Ma (Xitoy milliarderlari reytingida birinchi o‘rin; uning boyligi 38,2 milliard dollarni tashkil etadi) egalladi, u bu yil kompaniya rahbari lavozimidan iste'foga chiqdi. 

Jyek Ma

Uchinchi pog‘onada Tesla hamda SpaceX rahbari Ilon Mask (milliarderlarning global reytingida 40-o‘rin; boyligi - 22,3 milliard dollar).

Ilon Mask

So‘rov ishtirokchilari, shuningdek, Microsoft bosh direktori Satya Nadella, Apple rahbari Tim Kuk, sarmoyador Uorren Baffet (global milliarderlar reytingida 3-o‘rin; boyligi - 82,5 milliard dollar) va JPMorgan Chase bosh direktori Jyeymi Daymonni (global milliarderlar reytingida 1717-pog‘ona; 1,3 mlrd dollar) tilga olishdi.

Dastlab faqatgina kitoblarni onlayn sotish bilan shug‘ullangan Amazon kompaniyasi 1994 yilda Bezos tomonidan tashkil etilgan. 25 yil ichida u dunyodagi eng yirik onlayn-do‘konga aylandi. Kompaniya chakana savdo bilan bir qatorda, bulutli hisoblash va sun'iy idrok sohasidagi faoliyatidan daromad ham oladi, deya ta'kidlaydi CNBC.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid