Sport | 00:26 / 14.12.2019
25862
2 daqiqa o‘qiladi

Qiz o‘zi yasagan “poyabzal” bilan 3 oltin medalni qo‘lga kiritdi

Filippinlik yosh sportchi xalqaro musobaqalarda yugurish bo‘yicha 3 ta oldin medalni qo‘lga kiritdi. Biroq u matbuot e'tiborini yutuqlari bilan emas, balki musobaqalarda sport poyabzali bo‘lmagani sababli yalangoyoq ishtirok etishga to‘g‘ri kelgani, ammo bu holatdan chiqib ketgani bilan jalb qildi. Bu haqda Medialeaks nashri xabar berdi. 

Reya Bullos ismli qiz o‘smirlar orasida yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, yugurish yo‘lakchasidagi g‘alabalari bilan hammani lol qoldirdi. Qiz yuzlab raqiblarini dog‘da qoldirib, uyiga 400, 800 metrga va 1,5 kmga yugurishda qo‘lga kiritgan 3 ta oltin medal bilan qaytdi.

Biroq o‘quvchi qiz internet va OAV e'tiborini g‘alabalari bilan emas, balki musobaqalarda ishtirok etgan “poyabzali” bilan tortgan.

Ko‘rinishicha, qizning ota-onasida unga krossovka sotib olishga ortiqcha pul bo‘lmagan. Biroq bu yosh sportchiga to‘sqinlik qila olmagan. U zukkolik ko‘rsatib, vaziyatdan chiqishning yo‘lini topgan, ya'ni oyog‘i tagini oddiy tibbiy plastir bilan o‘rab olib, shu alfozda musobaqalarda ishtirok etgan.

Reya hattoki plastir ustiga Nike kompaniyasining ramzi va nomini yozib qo‘ygan. 9 dekabrda musobaqalarning boshqa ishtirokchisi Reyaning voqeasi bilan Facebook’da bo‘lishgach, xabar tezda ommalashib, minglab layklar to‘plagan. Foydalanuvchilar qizning tirishqoqligiga hayrat bildirib, unga o‘z yordamlarini taklif qilishgan.

Mavzuga oid