Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: «FHDYo tizimida chalkashliklar juda ham ko‘p»
Foto: KUN.UZ
Senat raisi Tanzila Norboyeva Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limlarining ish faoliyatida chalkashliklar, yechilmagan masalalar juda ham ko‘pligi xususida gapirdi.
“FHDYo organlari xotin-qizlar qo‘mitasi bilan yaqindan hamkorlik qilsin, degan maqsadda hokimliklar bo‘ysunuviga o‘tkazilgan edi. Lekin hokimiyatga o‘tkazilgandan keyin ikkita rahbari borga o‘xshab qolyapti, Adliya vazirligiga ham metodologik jihatdan hisobdorligi bor. Mahalliy hokimliklar ularni oylik maosh bilan ta'minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalasida bosh qotirayotgani yo‘q. Bu ularning ishlashida qiyinchilik tug‘dirmoqda”, − deydi Tanzila Norboyeva.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovga ko‘ra, FHDYo idoralari formal jihatdan to‘liq hokimliklar tizimiga o‘tkazilgan.
“Biz faqatgina uchta jihatdan FHDYo bo‘limlari bilan bog‘liqmiz. Davlat xizmatlari agentligi orqali ularni gerb guvohnomalari bilan ta'minlanadi. Ularning arxiv hujjatlarini ham Adliya vazirligi boshqaradi. Metodologiya nuqtai nazardan ham rahbarlik qiladi. FHDYo bilan aloqalar to‘liq elektron tizimga o‘tkazilgan”, − deydi Ruslanbek Davletov.
Tanzila Norboyeva FHDYo bo‘limlarining Davlat xizmatlari agentligi hamda hokimliklar bilan aloqalarini qayta ko‘rib chiqish, qat'iy tartibga solish bo‘yicha senatorlar va hukumat vakillariga topshiriq berdi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026