Tanzila Norboyeva: Xalqimiz o‘zi saylagan deputatni yoki senatorlarni taniydimi?
Yalpi majlisni ochib berish davomida so‘zlagan nutqida Senat raisi Tanzila Norboyeva xalq bilan muloqot, xususan fuqarolar bilan ishlash tizimiga oid fikrlarini bildirdi.
“Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan qat'iy talablar asosida xalq bilan muloqot, jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash barcha darajadagi davlat idoralari faoliyatining asosiy mezonlaridan biriga aylandi.
O‘tgan davrda bu borada Senatda ham muhim qadamlar qo‘yildi. Avvalo, Senatning virtual qabulxonasi tashkil etildi. Senatorlar tomonidan joylarda sayyor qabullar tashkil etish muntazam yo‘lga qo‘yildi, hamyurtlarimizni tashvishga solayotgan masalalar yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
Mahalliy kengashlarda yuzlab muhokamalar tashkil etildi. Hokimlar, sektor rahbarlari va boshqa turli darajadagi mutasaddilarning hisobotlarini eshitdik. Ko‘plab qarorlar, chora-tadbirlar, “Yo‘l xaritalari” qabul qildik. Ularning ijrosini qat'iy nazoratga oldik va ular bajarilmoqda.
Biroq, o‘tgan davrda xalq bilan muloqot qilish, odamlarning og‘irini yengil qilish borasida ko‘zlagan marralarimizga yetdik, deya olamizmi? Oddiy odamlar ushbu jarayonlardan xabardormi? Fuqarolar parlament a'zolari hududga kelib, ularni qiynayotgan masalalarda o‘rganishlar va tahlillar o‘tkazayotganini biladimi, bilgan taqdirda ham ular bilan yuzma-yuz ko‘rishib, o‘z muammolarini ro‘y-rost ayta olyaptimi? Umuman, xalqimiz o‘zi saylagan deputat yoki senatorlarni taniydimi?
Afsuski, bunday savollarga to‘liq ijobiy javob berish qiyin”, - deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024