Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda kuchli zilzila yuz berdi
Filippinning Davao shahri yaqinida 6,8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila oqibatida bir bola halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohat olgan. Shuningdek, ko‘plab binolarga shikast yetgan.
Qidiruv-qutqaruv jamoasi a'zolari vayronalar ostidan odamlarni izlashmoqda.
Ta'kidlanishicha, sunami paydo bo‘lishi xavfi yo‘q.
Filippinda oktyabrning o‘zida ikkita kuchli zilzila yuz berib, uning oqibatida 20 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 400 odam jarohatlangan.
Filippin yuqori seysmik faollikka ega bo‘lgan “Tinch okeani olov halqasi” deb ataluvchi hududda joylashgan. Mamlakatda eng katta talofatga olib kelgan zilzila 1976 yilda yuz bergan. O‘shanda tabiiy ofat 8 mingga yaqin odamning umriga zomin bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026