Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarga soliq solinishi haqidagi gaplar asossiz – Behzod Musayev
O‘zbekistonda avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etiladi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev 17 dekabr kuni matbuot anjumanida shu haqdagi savolga javob berar ekan, ushbu yig‘im soliq deb hisoblanmasligiga e'tibor qaratdi.
«[Avtomobillarga soliq solinishi haqidagi] bunday xabarlar asossiz, avtomobillarga qo‘shimcha soliq joriy etilishi rejalashtirilmagan. O‘sha xarid chog‘ida to‘lanadigan 3 foizlik soliqdan tashqari soliqlar undirilmaydi. Qo‘shimcha soliqlar faqat sarflanadigan yoqilg‘idan olinadi», – degan Musayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada tuman va shahar deputatlariga avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etish huquqi berildi.
Yig‘im summasi transport vositasi dvigatelining quvvati va hudud aholisi daromadlari darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
- Behzod Musayev: «Ikki yillik moratoriy tugasa ham, tadbirkorlarni yoppasiga tekshirish boshlanib ketmaydi»
- O‘zbekistonda soliq tushumlari miqdori bir yilda 1,5 barobarga oshdi
Mavzuga oid
10:56 / 17.10.2025
Koreyada mavsumiy ishchilar dasturi qayta tiklandi
09:46 / 23.09.2025
O‘zbekiston va Britaniya mehnat migratsiyasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
11:12 / 13.08.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita buni «texnik nosozlik» bilan izohladi
17:58 / 03.02.2025