Bojxonachilar Boysunda «dori» operatsiyasiga chek qo‘yishdi
Bojxonachilar yirik partiyadagi mahsulotlarning navbatdagi noqonuniy aylanmasini fosh etishdi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Boysun tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida, fuqaro Ya.F. boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.
Natijada, yuk avtotransport vositasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va aksiz markalari bilan markalanmagan umumiy qiymati 101,3 million so‘mlik tamaki mahsulotlari va umumiy qiymati 435,2 million so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024