7 oylik bolakay AQShdagi shahar meriga aylandi
7 oylik Uilyam Charlz MakMillian AQShning Uaytxoll shahri (Texas shtati) meriga aylandi. Endi u AQShning eng yosh meri hisoblanadi. Bu haqda Indian Express nashri xabar berdi.
Bolakay Uaytxoll meri lavozimini u har yili auksionga qo‘yilishi va uning oilasi joriy yilda u uchun eng katta summa taklif qila olgani sababli egallay oldi. Auksiondan tushgan pullar xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Bolakay inauguratsiya marosimiga uni asrab olgan ota-onasi bilan birga kelgan. U qora smokingda bo‘lgan. Tadbir shahar jamoatchilik markazida 150 ga yaqin odam ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Tadbirda ishtirok etgan qo‘shni Novasota shahar kengashi raisi Josh Fulsning ta'kidlashicha, har bir odam bolakayni o‘z bag‘riga bosishga oshiqqan. “Hozir davlatimiz murakkab davrni boshdan kechirmoqda va mer Charli jamiyatga tinchlik va ezgulikni qaytarishga yordam beradi”, deb aytgan Fuls.
7 oylik mer ota-onasi yordamida “Amerikani yana mehribon qilamiz” iborasini o‘ziga shior qilib tanlangan va qasamyod keltirib, unda mer lavozimini vijdonan bajarishga, bolalar maydonchasida hammaga mehribon bo‘lishga, shag‘al yo‘llarni yaxshi holatda saqlashga, o‘t o‘chiruvchilarga pechene olib kelib turishga, eng katta laqqa baliqni tutishga hamda Uaytxoll aholisini himoyalash va asrashga va'da bergan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024