Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA reytingi: O‘zbekiston o‘z o‘rnida qoldi
Foto: Tribuna.uz
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy jamoalarning dekabr oyi reytingini e'lon qildi.
Ro‘yxatda O‘zbekiston milliy jamoasining o‘tgan ikki oyga nisbatan o‘rni o‘zgarmadi va 1289 ochko bilan 85-o‘rinda qoldi.
Osiyoda Vadim Abramov shogirdlari 12-pog‘onani egallab turibdi. Biz Yaponiya (28), Eron (33), Janubiy Koreya (40), Avstraliya (42), Qatar (55), Saudiya Arabistoni (67), Iroq (70), BAA (71), Xitoy (76), Suriya (79) va Ummon (82) milliy jamoalaridan keyingi o‘rindamiz.
Jahon reytingini 1765 ochko bilan Belgiya milliy jamoasi boshqarib turibdi. Fransiya (1733) va Braziliya (1712) milliy jamoalari kuchli uchlikni yakunlab berishgan.
Top-50 milliy jamoalar reytingida bitta o‘zgarish yuz berdi – Janubiy Koreya termasi 41-o‘rindan 40-pog‘onaga ko‘tarildi.
Top-10 milliy jamoalar reytingi:
1. Belgiya – 1765 ochko
2. Fransiya – 1733
3. Braziliya – 1712
4. Angliya – 1661
5. Urugvay – 1645
6. Xorvatiya – 1642
7. Portugaliya – 1639
8. Ispaniya – 1636
9. Argentina – 1623
10. Kolumbiya – 1622.
Mavzuga oid
18:47
Futbolchilarning jismoniy holatidan xavotirdaman – Fabio Kannavaro
20:21 / 21.03.2026
FIFA Nigeriya e’tirozini rad etdi – Kongo DR O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olish uchun kurashadi
18:59 / 21.03.2026
Osiyo Kubogi-2031 ko‘chirildi – O‘zbekiston uni o‘tkazishga da’vogar edi
18:01 / 04.03.2026