Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada FXX binosida otishma yuz berdi
Moskva markazida, Federal xavfsizlik xizmati joylashgan Lubyanka ko‘chasida noma'lum kimsa Kalashnikov avtomatidan o‘t ochdi. Bu haqda “RBK” nashri Baza telegram-kanaliga tayanib xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar va yaralanganlar haqida ma'lumot bor. “RBK”ning Moskva ichki ishlar bosh boshqarmasidagi manbalari otishma yuz berganini tasdiqlashgan. Ulardan birining ta'kidlashicha, otishma vaqtida bir kishi halok bo‘lgan, boshqasi esa bir yaralangan borligini ma'lum qilgan. Mash va Baza kanallarining ta'kidlashicha, otishma vaqtida FXX xodimi yaralangan. 112 telegram-kanalining xabar berishicha, otishmada Federal qo‘riqlash xizmatining 3 xodimi halok bo‘lgan.
Shaharda otishma sababli “Sirena” rejasi kiritilgan.
Manbalardan birining xabar berishicha, otishma dastlab FXXning qabulxonasida boshlangan, so‘ngra bosqinchi ko‘chaga yugurib chiqqan. Yaqin oradagi ko‘chalar to‘silgan. 112’ning ma'lum qilishicha, bosqinchilar 3 kishi bo‘lgan, ulardan 2 nafari o‘ldirilgan, yana bir bosqinchi otishmani davom ettirmoqda.
Moskva ichki ishlar bosh boshqarmasida shahar markazidagi otishma haqida ma'lumotga ega emasliklari ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
13:08 / 13.05.2026