O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimida lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/Ss_tAIUOMHu_EoVMEX0dCgTScEuwT9xR.jpg)
Qayd etilishicha, polkovnik Aziz Shuhratovich Allanazarov Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Aziz Allanazarov bunga qadar Qashqadaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.