Eslatma: saylovchilar nimalarni bilishi lozim?

Ertaga - 22 dekabr kuni Oliy Majlis, shaxar va tumanlar deputatligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovlarda ovoz berishda ishtirok etadigan saylovchilar quyidagilarni bilishi lozim:
- ovoz berish ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 ga qadar davom etadi;
- saylovchida fuqarolik pasporti yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi lozim;
- qaysi saylov uchastkasida ovoz berish haqida ma'lumotga ega bo‘lmasangiz elections.uz/uz/site/polling-station manziliga kirib, tug‘ilgan sana va pasport raqamini kiritgan holda ertaga ovoz beradigan saylov uchastkangizni aniqlab oling;
- saylov byulletenini yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchining yolg‘iz o‘zi to‘ldirishi shart;
- ovoz berish tanlangan nomzodning familiyasi to‘g‘risida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga «➕» yoki «✔️» yoxud «✖️» belgisini qo‘yish lozim;
- saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli;
- ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi;
- buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.
Qo‘shimcha savollar, e'tiroz yoki shikoyatlar bo‘lsa Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazining muntazam ishlab turgan umumrespublika 1197 telefon raqamiga bepul qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Saylovlarda ishtirok eting, o‘z kelajagingiz uchun befarq bo‘lmang!
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
-
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:22
-
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

22:25 / 21.12.2019
«Saylovga haqiqiy bahoni ertaga beramiz» - xalqaro kuzatuvchilar fikri

18:37 / 20.11.2019
O‘zbekistonda tezda hal qilinishi kerak bo‘lgan uchta muhim masala. Partiya liderlari qanday fikrda?

20:55 / 11.11.2019
«Toshkentda 5 bolali oila 2,5 mln so‘m oylikka yashay oladi» – XDP lideri iste'mol savatchasi haqida

16:53 / 11.11.2019