Jahon | 19:14 / 21.12.2019
7633
1 daqiqa o‘qiladi

Hondurasdagi qamoqxonada yuz bergan otishma oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

Honduras shimolidagi Tela shahrida joylashgan qamoqxonada otishma sodir etilishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi.

Milliy xavfsizlik kuchlari rasmiy vakili Xose Koyellening ma'lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 17larda Tela shahridagi qamoqxonalardan birida otishma yuz bergan. Dastlab uch kishining jasadi topilgan, so‘ngra qurbonlar soni 18 nafarga yetgan, yana 16 kishi jarohatlangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aloqa yomonligi bois otishma tafsilotlari noma'lumligicha qolmoqda.

Bungacha Hondurasdagi qator qamoqxonalarda sodir bo‘lgan tartibsizliklar natijasida 15ga yaqin kishi halok bo‘lgandi. 17 dekabr kuni mamlakat hukumati qamoqxonalar tizimida favqulodda holat joriy etilganini e'lon qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid