Xitoy mudofaa budjetida Tayvan haqidagi band tufayli AQShga norozilik bildirdi
Xitoy AQShning Honkongdagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash va Tayvan bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bandlarni 2020 yilgi mudofaa budjeti loyihasiga kiritishiga keskin protest bildiradi. Pekin AQShni xatolarni darhol tuzatishga chaqiradi, deya ma'lum qildi Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishining tashqi ishlar qo‘mitasi rasmiy vakili Yu Vensze.
AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni 2020 yil uchun 738 milliard dollarlik mudofaa budjetini imzoladi, unga Rossiyaga «qarshi turish» uchun mablag‘lar, «Shimoliy oqim-2»ga qarshi sanksiyalar, Ukrainaga harbiy yordam, qo‘shma mashqlar va qurol sotish orqali Tayvanning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, shuningdek, Honkongdagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash kiritildi.
«Amerika tomoni XXRning qat'iy va adolatli pozitsiyasini inobatga olmadi. Tegishli qonun loyihasida Xitoyning ichki ishlariga aralashishga oid ko‘plab bandlar mavjud, ular Tayvan, Honkong va Shinjon masalalariga tegishlidir. Tegishli bandlar noto‘g‘ri xulosalarga to‘la va Xitoy bu borada kuchli norozilikni bildiradi», - dedi Yu Vensze.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tayvanga tegishli hujjatning mazmuni «yagona Xitoy» tamoyilini va Xitoy hamda AQShning uchta qo‘shma bayonotini jiddiy ravishda buzadi, Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy zarar yetkazadi, shuningdek, Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikka tahdid soladi.
Mavzuga oid
13:30
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh nodavlat tashkilotlari rahbarlarini qabul qildi
19:37 / 24.09.2024
AQShda parkdan o‘g‘irlab ketilgan olti yoshli bola 70 yildan so‘ng topildi
19:24 / 24.09.2024
AQShda ikki kishida miyani yeb qo‘yadigan chuvalchanglar aniqlandi
09:50 / 24.09.2024