Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylov natijalari 23 dekabr kuni e'lon qilinadi - MSK
O‘zbekiston vakillik organlariga bo‘lib o‘tayotgan saylovning dastlabki natijalari ertaga, 23 dekabr kuni soni 14:00da e'lon qilinishi boshlanadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma'lum qildi.
«Markaziy saylov komissiyasi ertaga, 23 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlarning dastlabki natijalarini e'lon qilishni rejalashtirmoqda», degan Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov.
MSK raisi o‘rinbosari komissiyaga ayrim saylov uchastkalarida ma'lum bir qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilayotgani to‘g‘risida xabarlar kelib tushayotgani haqida ma'lum qilgan.

«Xususan, 142-Qoraqamish saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatisiga nomzod Do‘stmuhamedov Xurshid Nabiyevich, 23-Moyqo‘rg‘on saylov okrugidan Toshkent shahar kengashiga nomzod Hamidova Kamola Tohirovna, 10-Ahil saylov okrugidan Olmazor tuman kengashiga nomzod Sharipova Nodira Toxirovnaning nomzodlari deputat etib saylanishi bo‘yicha go‘yoki mahalliy ijroiya hokimiyati idoralari tomonidan saylov komissiyalariga tazyiq o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabarlarga Markaziy saylov komissiyasi e'tibor qaratdi», degan Istamov.
Mavzuga oid
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi
23:32 / 16.05.2024
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar tayinlandi
23:40 / 12.10.2022