Rasmiy ma’lumotga köra, prezidentning tegişli qarori bilan Istamov Mahmud Şuhratoviç adliya vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mahmud Istamov 1979 yilda Buxoro viloyati, Buxoro şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi. 2000 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2000 yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkaziş boşqarmasi katta maslahatçisi lavozimidan boşlagan. Keyinçalik şu boşqarmada boş maslahatçi, bölim boşliği, boşqarma boşliğining örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2004–2005 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlaş markazi rahbari, 2005–2006 yillarda esa Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oşirilişi ustidan monitoring qiliş markazi bölim boşliği lavozimlarida işlagan.
Şundan söng bir qator mas’ul lavozimlarni egallab kelgan:
2006–2011 yillarda – prezident devonining huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisi xizmatida adliya va sud idoralari masalalari böyiça inspektor;
2011–2014 yillarda – şu xizmatning Adliya va sud idoralari masalalari şu’basi yetakçi inspektori;
2014–2017 yillarda – prezident devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmatida Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qiliş şu’basi mudiri;
2017 yilda – prezident devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunçilik şu’basi mudiri;
2017–2019 yillarda – adliya vazirining örinbosari, keyin birinçi örinbosari;
2019–2021 yillarda – Markaziy saylov komissiyasi raisining örinbosari;
2021–2024 yillarda – Buxoro viloyati prokurori;
2024–2025 yillarda – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Devoni rahbari.
2025 yildan buyon u Özbekiston adliya vazirining örinbosari sifatida işlab kelayotgan edi. Endilikda prezident qaroriga asosan Mahmud Istamov adliya vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi.








