Prezident qarori bilan, Istamov Mahmud Şuhratoviç adliya vaziri örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mahmud Istamov 1979 yilda Buxoro şahrida tuğilgan. Huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi. 2000 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkaziş boşqarmasi katta maslahatçisi lavozimida boşlagan. Keyinçalik mazkur boşqarmada boş maslahatçisi, bölim boşliği, boşqarma boşliği örinbosari bölgan. 2004-2005 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlaş markazi rahbari, 2005-2006 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oşirilişi ustidan monitoring qiliş markazi bölim boşliği lavozimlarida işlagan.
2006-2011 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Davlat maslahatçisi xizmatida adliya va sud idoralari faoliyati masalalari böyiça inspektor, 2011-2014 yillarda yetakçi inspektor lavozimida işlagan.
2014-2017 yillarda Prezident devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qiliş şu’basi mudiri bölib işlagan. 2017 yilda Prezident devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunçilik şu’basi mudiri etib tayinlangan.
Mahmud Istamov 2017-2019 yillarda adliya vazirining örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019-2021 yillarda Markaziy saylov komissiyasi raisining örinbosari lavozimida, 2021-2024 yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimida işlagan.
Tayinlovga qadar (2024 yildan) Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat körsatgan.
Avvalroq, mart oyida Nu’mon Muhammadiyev adliya vaziriga örinbosar etib tayinlangan edi. U rasmiy xabar bermagan holda lavozimidan böşatilgan Xudoyor Meliyevning örnini egallagandi.








