Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maykl Pompeo O‘zbekistonga keladi
AQSh Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo yanvar oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Bu Pompeoning AQSh davlat kotibi sifatida O‘zbekistonga birinchi marta kelishi bo‘ladi.
Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, Maykl Pompeo O‘zbekistonga tashrifi mobaynida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Hozircha tashrifning aniq muddati ma'lum emas. Ayrim manbalarga ko‘ra, Pompeo 5 yanvar kuni Qozog‘istonda keladi va Markaziy Osiyoga safari davomida O‘zbekistonda ham bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning mayida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrifi davomida Maykl Pompeo bilan ham uchrashgandi. O‘shanda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, tashqi siyosat mahkamalari aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilishgandi.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
13:49 / 09.09.2025
Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi”
21:33 / 22.08.2025