Samsung va Apple smartfonlari sog‘liq uchun xavfli deb topildi
AQShning aloqa bo‘yicha federal komissiyasi laboratoriyasi Samsung va Apple kompaniyalarining ba'zi mobil telefonlari chiqaradigan nurlanish AQShda nurlanishga o‘rnatilgan me'yorlardan bir necha marta oshishini tasdiqlovchi tadqiqot o‘tkazdi. Shundan keyin FeganScott yuridik kompaniyasi ikki kompaniyani “iste'molchilar sog‘lig‘iga xavf solayotgani” uchun sudga berishga qaror qilgan.
Yuridik kompaniya bosh menejyeri Bet Feganning ta'kidlashicha, kompaniyalar bunday harakatlar uchun javob berishlari lozim.
“Apple va Samsung smartfonlari hayot tarzimizni o‘zgartirdi. Yoshi kattalar, o‘smirlar va bolalar elektron pochtani tekshirish, biror o‘yin o‘ynash, turli topshiriqlarni bajarishda o‘z smartfonlaridan foydalanishadi. Ular bu qurilmalarni kun davomida cho‘ntaklarida olib yurishadi va ular bilan uyquga ketishadi. Mamlakatdagi barcha smartfonlar egalari smartfonlar teriga tekkanda yoki tanaga yaqin ishlatilganda ularning radiochastota nurlanish darajasi xavfsiz bo‘lmasligi mumkinligini bilishga haqlidirlar”, deb aytgan Fegan.
Tadqiqotda e'tibor quyidagi modellarga qaratilgan: iPhone 7 Plus, iPhone 8, iPhone XR, Samsung Galaxy S8, Galaxy S9 va Galaxy S10. Aniqlanishicha, iPhone 8 belgilangan me'yordan 5 marta, Samsung Galaxy S8 esa 3 marta kuchliroq nurlanish chiqaradi.
“Samsung va Apple o‘z smartfonlari xavfsiz ekanini ta'kidlashadi. Biroq bunday emas. Mustaqil o‘lchashlar ushbu kompaniyalar qurilmalari nurlanish darajasi belgilangan me'yorlardan oshishini tasdiqlaydi. Ba'zida 500 foizgacha. Iste'molchilar haqiqatni bilishlari lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.
Mavzuga oid
18:04
Apple Siri ovozli yordamchisini ChatGPT raqobatchisiga aylantirmoqchi
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024