O‘zbekiston | 07:35 / 24.12.2019
44576
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar 11 oy davomida «inomarka»larga qancha sarflashdi?

Foto: Pixabay

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 370,6 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 52,6 foizga ko‘pdir.

Umuman olgan, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish tiklanmoqda. Masalan, yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda 72 foizga qadar ko‘tarildi, sentyabrda 74 foizni tashkil etdi.

Chet el avtomobillari importining umumiy o‘sishi yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj qo‘llaniladi.

Avvalroq, yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 291,7 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid