Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
2025 yil yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 11,7 mln so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 12,9 foizga oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar—sentabr oylarida respublika bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 11,7 million so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga o‘sgani qayd etilmoqda.
Aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha top-5 hudud quyidagicha shakllangan:
- Navoiy viloyati – 29,7 mln so‘m;
- Toshkent shahri – 22,9 mln so‘m;
- Toshkent viloyati – 20,3 mln so‘m;
- Namangan viloyati – 16,3 mln so‘m;
- Samarqand viloyati – 15,2 mln so‘m.
Shu tariqa, aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha Navoiy viloyati yetakchi o‘rinni egallayotgani, poytaxt va unga yaqin hududlar ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan ajralib turgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
16:09
Farg‘onada kutubxonalar soni keskin kamaydi
17:35 / 15.07.2026
Islomiy investitsiya – u nima? Har bir inson investor bo‘la oladimi?
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
10:19 / 14.07.2026