Milliy statistika qömitasi axborotida qayd etilişiça, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida Özbekistonga jami 31 ta xorijiy davlatdan qariyb 28,9 mln AQŞ dollari qiymatida 12,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Uşbu mahsulotlar importi hajmi 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,3 ming tonnaga, yoki 23,3 foizga oşgan.
2025 yilning 10 oyida Özbekistonga eng köp baliq va dengiz mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar quyidagilar böldi:
- Rossiya – 5,8 ming tonna;
- Vetnam – 3,3 ming tonna;
- Norvegiya – 1 ming tonna;
- Litva – 705,6 tonna;
- Qozoğiston – 657,1 tonna;
- Buyuk Britaniya – 140 tonna;
- Farer orollari – 138,3 tonna;
- boşqa davlatlar – 379,2 tonna.
Rasmiy ma’lumotlarda ta’kidlanişiça, Vetnamdan import qilinayotgan dengiz mahsulotlari hajmi yuqori darajada saqlanib, Özbekistonning uşbu yönalişdagi asosiy taşqi savdo şeriklari qatorida turibdi.












