Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Xorijdan keladigan muxolifatga qarshiman»
27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning yangi binosida yoshlar bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat borasida fikr bildirib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari oppozitsiyaga qarshi emasligi, ammo u chetdan kirib kelishini yoqlamasligini bildirgan.
«Internetda muxolifat haqida gap ketyapti. Menga ham «Oppozitsiya yo‘q», deb aytishadi. Oppozitsiya nima u? U qanday foyda beradi?
U shu yerda bo‘lishi kerak. Qanday qilib chetdan keladi? Bu yerning shart-sharoiti, muhitini bilmaydi.
Albatta, men prezident sifatida muxolifatga qarshi emasman. Lekin u o‘zimizda shakllanishi kerak, buning uchun shu yerda muhit yaratilishi kerak. Toki u odamlarning muammolarini bilsin, shu yerda non yeb, shu yerda suv ichgan bo‘lsin», – dedi prezident.
Prezident xorijdan keladigan muxolifatga qarshiligini ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, parlament saylovlari arafasida Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat «jamiyatning palagidan, asta-sekin o‘sib kelishi kerakligi» haqida fikr bildirgan, shu bilan birga tabiiy yetishib chiqqan muxolifatga qarshilik qilmaslik kerakligini aytgan edi.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
13:49 / 09.09.2025
Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi”
21:33 / 22.08.2025