Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.
«Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» mavzusidagi tadbirda sohadagi asosiy özgarişlar, saylovoldi taşviqotini yakunlaş, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantiriş istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev tadbir davomida muxolifat partiyalari haqidagi savolga javob qaytardi.
«Nahotki, siz bugun Özbekistonda kuçayib kelayotgan oppozitsiyani, ya'ni, oppozitsion siyosiy dunyoqaraşlarni körmayapsiz?

Birinçi navbatda, bugun OAVda kötarilayotgan masalalar bizning jamiyatimizda plyuralizm... bu oppozitsiyaning birinçi qadami, paydo bölayotganidan birinçi dalolat.
Ikkinçisi, siyosiy partiyalar örtasida 29ta debatlar bölib ötdi. Körib turibmanki, partiyalar nafaqat bir-birining dasturini, balki hukumatni ham tanqid qilyapti. Bu ham tuğilib kelayotgan oppozitsiyaning körinişlaridan biri.
Va nihoyat, oxirgisi sifatida şuni aytmoqçimanki, heç qaçon muxolifat, oppozitsiya sun'iy ravişda, kimdir tomonidan tuza olmaydi. Siz oppozitsiyani tuzişni kimdan kutyapsiz? Hukumat öziga özi oppozitsiyani tuzişi kerakmi?
Oppozitsiya jamiyatning palagidan, özi, asta-sekin, tabiiy ösib kelişi kerak. Bu siyosiy ongga, siyosiy muhitga va eng muhimi, qonun muhitga boğliqdir. Bizning, mana bu siyosatçilarning avlodining asosiy missiyamiz, men öylaymanki, şunday bir muhitni yaratiş kerakki, jamiyatning özidan oppozitsiya tuğilib, kuçayib va qonuniy öz rolini topa bilişi kerak», - dedi Sodiq Safoyev.












