O‘zbekiston | 07:53 / 30.12.2019
4444
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov: 2019 yilda 18ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi

Foto: RIA Novosti

2019 yilda 18 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «Xalq so‘zi» gazetasiga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, bular - prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Belarus, Ozarboyjon, Yaponiya va Rossiya Federatsiyaga amalga oshirgan davlat va rasmiy tashriflari. 

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Koreya Respublikasi, Germaniya davlat rahbarlari, Yevropa ittifoqi rahbari, shuningdek, Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar hukumat rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurdilar.

Oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida 122 ta ikki tomonlama hujjat imzolanib, ulardan to‘rttasi davlatlararo bitim, 31 tasi hukumatlararo bitim, shuningdek, 35 tasi tashkilotlar va mintaqalar orasida imzolangan boshqa hujjatlardir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid