Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda migrantlarga aloqador qonun loyihasi ishlab chiqiladi
Respublikada “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, Qonun loyihasida:
bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, norasmiy mehnat migratsiyasidan foydalanishning oldini olishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalar;
ishning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, xorijiy davlatlar va vakolatli tashkilotlar bilan bitimlarni tuzish va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi, fuqarolar manfaatlarini ifodalaydigan qoidalar;
xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat migratsiyasi munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi.
Mas'ul ijrochilar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 30 avgust, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 30 sentabr.
Mavzuga oid
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026