O‘zbekistonga vizasiz rejim bo‘yicha kelgan birinchi Xitoy fuqarosi kutib olindi
2 yanvar kuni Urumchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan aviareysda Xitoydan vizasiz rejim bo‘yicha kelgan ilk mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari tomonidan kutib olindi.
Qo‘mita xabarida aytilishicha, O‘zbekiston chegarasidan vizasiz o‘tgan birinchi Xitoy fuqarosi Li Ji Lin O‘zbekistonga investitsiya kiritish maqsadida respublikani yaqindan o‘rganish uchun tashrif buyurgan ekan.
“So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda katta o‘zgarishlar bo‘layotganini eshitib, mamlakatingizga biznes turizmi bo‘yicha tashrif buyurdim, lekin bu darajada chiroyli kutib olishlarini kutmagan edim, ochig‘i. O‘zbekiston haqida hozircha yetarlicha bilimga ega emasman, lekin tashrifim davomida ko‘p narsalarni bilib olishga umid qilaman.
XXR fuqarolari uchun vizasiz rejimning yo‘lga qo‘yilishi xitoyliklarga juda katta imkoniyatlar yaratadi. Shaxsan men Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik kompaniya direktoriman. Shu sababli mamlakatingizni o‘rganib chiqib, unga katta investitsiya kiritishni rejalashtiryapman.
Bugungi kunda xitoyliklar dunyo bo‘ylab juda ko‘p sayohat qilishadi - o‘tgan yili 120 million xitoylik dunyo bo‘yicha sayohatga chiqqan. Vizasiz rejimning tatbiq qilingani, albatta, yaxshi yangilik bo‘ldi. O‘ylaymanki, bundan keyin O‘zbekistonga ko‘plab xitoyliklar kela boshlashadi”, - deydi Li Ji Lin.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2019 yilning 12 sentyabrdagi 5819-sonli farmoniga asosan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab Xitoy fuqarolari uchun 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoni yaratildi.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024