Jamiyat | 23:46 / 06.01.2020
7385
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda elektr energiyasi ta'minotida rejali uzilish bo‘ladi

Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta'minotida rejali uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 7 yanvar kuni soat 00:00dan boshlab, 8 yanvar kuni soat 22:00gacha Taxiatosh Issiqlik Elektr Stansiyasining 8-energiya blokida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Xorazm viloyatining barcha hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Taxiatosh IES Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh shaharchasida joylashgan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid