O‘zbekiston | 08:03 / 07.01.2020
27049
1 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoldi

Foto: Shutterstock

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ilgari amal qilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar: 

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining asosiy stavkasi – 12 foiz;
dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar uchun foiz stavkasi - 5 foiz;

O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun:

dividend va foizlar – 10%;
xalqaro yuk tashishdagi transport xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlar (yuk tashishdan olinadigan daromadlar) - 6%;
mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar, boshqa daromadlar - 20%.

Bundan oldin, soliq turlari qisqartirilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid