Bunday yolğiz onalarning har oylik daromadining mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorigaça bölgan qismi daromad soliğidan ozod qilinadi.
Hozirgi hisob-kitobga köra, bu 1 792 110 söm miqdorni taşkil etadi. Ya’ni, uşbu summa doirasidagi daromaddan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği undirilmaydi.
Mazkur soliq yengilligi avtomatik ravişda emas, balki hujjat asosida qöllanadi.
Buning uçun:
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş (FHDYo) organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etiladi;
- ma’lumotnoma iş beruvçiga topşiriladi;
- şundan söng buxgalteriya tomonidan soliq hisob-kitobida imtiyoz qöllanadi.
Uşbu yengillik köp farzandli yolğiz onalarning moliyaviy yukini kamaytiriş, oilaviy budjetini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Soliqdan qisman ozodlik oylik daromadning köproq qismi oila ehtiyojlari uçun qolişiga xizmat qiladi.
Qonunçilikda belgilangan bunday imkoniyatlardan xabardor böliş va öz vaqtida foydalaniş fuqarolar uçun muhim ahamiyatga ega.












