Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning fuqarolik samolyotlariga Eron va Iroq ustidan uchish taqiqlandi
AQShning Federal aviatsiya boshqarmasi fuqarolik samolyotlariga Iroq, Eron, Fors va Ummon ko‘rfazlari ustidan uchishni taqiqladi. Boshqarma bu haqda tvitterda ogohlantirdi.
“Boshqarma Yaqin Sharqdagi vaziyat ortidan batafsil kuzatishni davom ettiradi”, deyilgan xabarda.
Ogohlantirishga ko‘ra, taqiqlov Yaqin Sharqdagi yuqori darajadagi harbiy faollashuv va siyosiy keskinlik sababli kiritilgan. Ta'kidlanishicha, bunday vaziyat hisob-kitoblardagi xatolar va samolyotlarning noto‘g‘ri identifikatsiyasi oqibatida AQSh aviatashuvchilari faoliyatiga xavf soladi.
Avvalroq Pentagon Eron AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berganini tasdiqladi. Raketa hujumiga Ayn al-Asad bazasi va Erbildagi aeroport uchragan.
Mavzuga oid
22:18 / 21.11.2025
Eron prezidenti poytaxtni Tehrondan ko‘chirmoqchi
21:17 / 07.11.2025
Agar uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masa, Tehronni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keladi – Eron prezidenti
12:22 / 04.10.2025
«Tehron yiliga 30 sm cho‘kmoqda» – Eron prezidenti poytaxtni ko‘chirishga majburligini aytdi
08:03 / 08.07.2025