Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi
Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, polkovnik Shokirjon Abdumalikovich Xudoynazarov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimini egalladi.
Shokirjon Xudoynazarov tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari - shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan general-mayor Bahodir Mirzarahimov ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta'minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:52
Foto: Serjant Hosilbek Eshnazarov so‘nggi manzilga kuzatildi
18:16 / 27.02.2026
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
18:05 / 27.02.2026
1 martdan jarima xatlari pochta orqali yuborilmasligi mumkin
08:44 / 23.02.2026