Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ishsizlik - har qanday rahbarni o‘ylantiradigan muammo» - Navoiy viloyati hokimi
Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunovning ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuvi asosan savol-javob tarzida o‘tdi.
Uchrashuv davomida ko‘proq ijtimoiy masalalar, xususan, ishsizlik muammolari tilga olindi.
«Ishsizlik — har qanday rahbarni o‘ylantiradigan muammolardan biri. Bugungi kunda Navoiy viloyatidan 16 ming kishi xorijda mehnat qilishadi. Ularga tez orada ish joylari yarata olamizmi? Turmushi uchun yetarlicha oylik va'da qila olamizmi? Bu savollar barcha rahbarlar qatori meni ham o‘ylantiradi», deydi viloyat hokimi.
Shuningdek, Qobil Tursunov yaqin kelajakda oldini olish shart bo‘lgan muammo haqida gapirdi.
«Islohotlar hozirgidek davom etib yaqin kelajakda juda ko‘p muammolarga barham berishimiz mumkin. Ammo bir narsaga har doim e'tiborli bo‘lishimiz shart deb hisoblayman — tarbiya masalasi. Muammolar o‘tkinchi, kelajakda mamlakat taqdirini hal qiluvchi omillardan biri bu tarbiya. Biz har doim tilga oladigan ma'naviyat ham bu tarbiya bilan bog‘liq-ku?
Qaysiki jamiyatda ma'naviyat va iqtisod uyg‘un bo‘lmasa, o‘sha jamiyatda barqarorlik bo‘lmaydi», deydi Qobil Tursunov.
Mavzuga oid
20:11 / 20.04.2026
O‘zbekiston aholi bandligi bo‘yicha 187 ta davlat orasida 114-o‘rinni egalladi
15:21 / 23.02.2026
Rockwool: Ukrainada ishsizlik urushdan oldingi darajaga yaqinlashdi
16:17 / 31.01.2026
Germaniyada ishsizlar soni uch milliondan oshdi
22:24 / 28.01.2026