O‘zbekiston | 08:09 / 10.01.2020
5104
1 daqiqa o‘qiladi

Loong Air Chendu – Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Xitoyning Zhejiang Loong Airlines aviakompaniyasi 10 yanvar kunidan e'tiboran Chendu – Toshkent yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Ushbu yo‘nalishda aviakompaniya parvozlarni haftasiga uch marotaba bajarishni rejalashtirilgan. Chendu – Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirgan Zhejiang Loong Airlines aviakompaniyasining reysi bugun mahalliy vaqt bilan soat 18:10da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 27 sentabr kunidan e'tiboran Xitoyning mazkur aviakompaniyasi Sian shahridan Toshkentga charter reyslarni amalga oshirishni boshlagan edi.

Mavzuga oid