Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi havo qatnovlarini ko‘paytirish maqsadi Uzbekistan Airports rahbariyati va aviakompaniya vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilingan.
Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi iyun oyining ikkinchi yarmida Sian shahridan Samarqandga yangi havo yo‘nalishini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi havo qatnovlarini ko‘paytirish maqsadi Uzbekistan Airports rahbariyati va aviakompaniya vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilingan. Shuningdek, muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida yuk tashishni kengaytirish masalalari muhokama etilgan.
Hozir Loong Air aviakompaniyasi haftasiga uch martadan Chengdu - Toshkent va Sian - Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.
Loong Air - bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026