Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada akula germaniyalik futbolchini yeb ketdi
Amerikaning «Gasting Bronkos» futbol klubi vakili Erik Birigitti Avstraliyada do‘stlari bilan o‘tkazayotgan ta'tili vaqtida fojiali vafot etdi. Bu haqda El Caso xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi toshli qirg‘oq bo‘ylab aylanib yurganida kutilmaganda sirpanib, tepalikdan suvga qulagan. Natijada kuchli oqim Erik Birigittini dengiz tomon olib ketgan. Uning do‘stlari har qancha yordam berishga harakat qilishmasin, urinishlar zoye ketgan. Voqea joyiga politsiya va qutqaruv guruhlari yetib kelgach, kechasi jasadning qoldiqlarigina topilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ochiq dengizda Birigittiga akulalar hamla qilib, uni yeb ketishgan. Akula hujumiga qadar, Erik tirik bo‘lganmi yoki yo‘q – hozircha noma'lum.
Marhum futbolchining klubi «Gasting Bronkos» Erik Birigittining yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
18:35 / 18.04.2026
Maldivda sayyoh akula hujumidan so‘ng bir oyog‘idan ayrildi
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026